26 Сентябр 2022 йил 1354

Shayxontohur tumani uchinchi sektor faoliyati haqida

Shayxontohur tumani 3-sektor mas'ul xodimlari, hududda yashovchi yoshlarni ilg‘or g‘oya, taklif va tashabbuslari bilan yaqindan qiziqib, ularning muammolarini hal qilish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatishmoqda. Xususan, Shayxontohur tumani IIO FMB boshlig‘i – 3-sektor rahbari polkovnik Oybek Murodov tomonidan o‘ziga biriktirilgan mahallalardagi muammolarni o‘rganish, yoshlar bandligini ta'minlash, vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlarini tashkil etish maqsadida, sentyabr oyi davomida “Kattaxovuz”, “Sarxumdon” va “Obinazir” mahallalarida 3 marotaba yoshlar bilan yig‘ilishlar o‘tkazildi.
Jumladan, sayyor qabullar davomida jami 36 nafar yoshlar murojaat qildi. Shundan, zamonaviy kasblarni egallash, axborot-texnologiyalarini va xorijiy tillarni o‘rganish bo‘yicha o‘quv kurslarida o‘qish hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj iqtidorli yoshlarni ilm-fan, sport, san'at va madaniyat yo‘nalishlaridagi o‘quv kurslari uchun 5 nafar yoshlarga o‘qish xarajatlari, 5 nafar oliy ta'lim muassasalarida o‘qiyotgan yoshlarga kontrakt pullari, 7 nafar tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan yoshlarga asbob–uskuna sotib olish hamda 3 nafar yoshlarni davolanish xarajatlari to‘lab berildi.
Shuningdek, sentyabr oyida tuman hokimligi Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda “Yoshlar jamg‘armasi” hisobidan jami 22 nafar yoshlarga moddiy yordam pullari berildi.

Барча янгиликлар

Text to speech