11 Июл 2022 йил 1543

Shayxontohur tumani IIO FMB xodimlari tomonidan olib borilayotgan profilaktik ishlar haqida

Shayxontohur tumani IIO FMB xodimlari tomonidan turli huquqbuzarlik va jinoyatlar sodir etilishining oldini olish maqsadida, profilaktik hisobda turgan shaxslar bilan muntazam profilaktika tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Yaqinda Shayxontohur tumani IIO FMBda shahar IIBB rahbariyati, tuman prokuraturasi vakillari hamda tuman IIO FMB mas’ul xodimlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda 6 oy davomida amalga oshirilgan ishlar yakunlari sarhisob qilindi. Qayd etilishicha, muqaddam sudlangan, ma’muriy nazoratga olingan, spirtli ichimliklarga ruju qo‘ygan probatsiya guruhida turgan shaxslarga profilaktika inspektorlari, tergovchi, tezkor xodim va boshqa xizmatlardan mas’ullar biriktirildi. Hisobot davrida xodimlar hisobda turgan shaxslar bilan uchrashib, ularning oilaviy ahvoli, qanday muammolarga duch kelayotgani o‘rganilib, ular sodir etishi mumkin bo‘lgan jinoyat va huquqbuzarliklarni oldi olindi. Har biri bilan alohida profilaktika ishlari olib borildi. Hamkorlikda olib borilgan ishlar natijasida ro‘yxatga olingan shaxslar tomonidan sodir etilgan huquqbuzarliklar sezilarli darajada kamaydi.

Барча янгиликлар

Text to speech