3 Феврал 2022 йил 2686

Shayxontohur tumani 3-sektori faoliyati to`g`risida

Shayxontohur tumani shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo`yicha 3-sektor ishchi guruhi a’zolari tuman IIO FMB boshlig`i polkovnik O. Murodov boshchiligida hokimlik, mahalla faollari bilan hamkorlikda joylarda ijtimoiy vaziyatni o`rganmoqdalar. Xususan, yaqinda “Mannon Uyg`ur” mahallasida aholi va mahalla hududida joylashgan korxonalar vakillari bilan suhbat qilinib, ularning muammolari o`rganildi. Аholini ish bilan ta’minlash bo`yicha reja ishlab chiqilgan. Muhtojlarga manzilli yordam ko`rsatilmoqda.
Uchrashuvlar davomida fuqarolar ishga joylashish, kredit olish kabi masalalar yuzasidan murojaat qildilar. Аholining ehtiyojlarini yanada chuqurroq o`rganish maqsadida jadval asosida sayyor qabullar o`tkazilib, ular davomida ko`plab muammolar hal qilinmoqda. 

Барча янгиликлар

Text to speech