27 Апрел 2022 йил 1434

Shayxantohur tumani IIO FMB xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektorlari faoliyati to‘g‘risida

Shayxantohur tumani IIO FMB xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektorlarining tashabbusi bilan tuman hokimligi va boshqa mutasaddi tashkilotlar hamkorligida “Xadra”, “Yangi Jarariq” mahalla fuqarolari hamda tumanda joylashgan 186-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabi 11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida ayollarning xotin-qizlarni zo‘ravonlikdan himoya qilish borasida huquqiy bilimlarini oshirishga qaratilgan uchrashuvlar o‘tkazildi. Uchrashuvlar davomida “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish masalalari” mavzusida targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunining mazmun-mohiyati haqida tushuntirish berildi.
Uchrashuvlarda xotin-qizlarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, ularning maqomini, jamiyatdagi faolligini oshirish, ijtimoiy va huquqiy yo‘nalishlarda qo‘llab-quvvatlash, oilalarda sog‘lom turmush tarzini targ‘ibot qilish masalalari muhokama qilindi.

Барча янгиликлар

Text to speech