Sergeli tumani IIO FMB Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektorlari bolalar uchun bayram tashkil etdilar
Sergeli tumani IIO FMB Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektorlari tashabbusi bilan imkoniyati cheklangan bolalar uchun "Navro‘z" bayrami tashkillashtirildi. Tadbirda Toshkent shahar IIBB XPB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Gulzoda Pulatova, Sergeli tuman prokuraturasi, tuman hokimligi, "Ittifoq" MFY mas'ul xodimlari ishtirok etishdi. To‘kin dasturxon atrofidagi suhbat, kuy-qo‘shiqlar, raqslar barchaga ko‘tarinki kayfiyat baxsh etdi. Tadbir so‘ngida tashkilotchilar tomonidan bolajonlarga sovg‘a-salomlar taqdim etildi.