Sergeli tumani IIO FMB xodimlarining yoshlarni ishga joylashtirish bo‘yicha olib borgan ishlari to‘g‘risida
Ishsiz o‘g‘il-qizlarni ish bilan ta’minlash masalasini hal etish maqsadida, Sergeli tumani IIO FMB xodimlari tomonidan tumanda yashovchi yoshlar vakillarining muammo va takliflari o‘rganilmoqda. Yaqinda Sergeli tumani IIO FMB Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektorlari hamda voyaga yetmaganlar masalasi bo‘yicha inspector-psixologlari tashabbusi bilan proflaktik hisobda turuvchi, uyushmagan, ishsiz yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni barvaqt oldini olish va ularni bandligini ta'minlash maqsadida fuqarolar uchun "Artel Electronics" korxonasiga ekskursiya uyushtirildi. Fuqarolar korxonaning ish faoliyati va u yerda ishchilarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishtirildi. Ekskursiya davomida mahalliy yoshlar o‘zbek brendi ostida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar ko‘rgazmasi bilan tanishdilar. Shuningdek, tadbir so‘ngida 11 nafar ishsiz tuman aholisi ushbu korxonaga ishga qabul qilindilar.