4 Январ 2022 йил 3820

Rasmiy xabar

2022 yil 1 yanvar kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Spark” rusumli avtomashina haydovchisi yo‘lning qatnov qismida “drift” qilib, yo’l harakatining boshqa ishtirokchilariga xavfli vaziyat yaratayotgani aks etgan video tarqaldi.

Ushbu holat 2021yil 22 sentabr kuni Olmazor tumani Nurafshon ko‘chasida sodir bo‘lganligini ma’lum qilamiz. Fuqaro, 2001 yilda tug’ilgan Muhammaddiyor I. o’zi boshqaruvida bolgan "Spark" avtomashinasida "drift" manyovrlarini amalga oshirgan. Shunga ko’ra Muhammaddiyor I.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 128-moddasiga prim.5 2-qism asosan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma rasmiylashtirildi. Shuningdek, ushbu haydovchi bilan yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish yuzasidan profilaktik suhbat o‘tkazildi.

Hurmatli haydovchilar! Yo'l harakati qoidalariga rioya qiling. O'zingiz va boshqalar hayotini xavf ostiga qo'ymang. 

Барча янгиликлар

Text to speech