15 Феврал 2022 йил 2899

Rasmiy munosabat

Joriy yilning 4-fevral kuni tasvirga tushirilgan va internet tarmog`ida tarqalayotgan videoda noma’lum shaxs uyidan chiqib, miltiq bilan noma’lum tomon yo`l olgani ko`rinib turibdi. Keyinchalik, 12-fevral kuni “Mehr va Oqibat” NNT hayvonlarni himoya qilish jamiyati vakillari fuqaro M.N.ning arizasini Mirobod tumani IIO FMBga yetkazdilar. Xabarda ayol o`z qo`shnisi – pnevmatika miltig`idan mushuk va itlarni mo`ljalga oladigan Mirobod tumanida yashovchi 29 yoshli Inomjon А.ga nisbatan chora ko`rishni so`rardi.
Toshkent shahar IIBB xodimlari ushbu murojaatni e’tiborsiz qoldirmadilar. Inomjon А.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksining 111-moddasi 1-qismi (“Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo`lish”) bo`yicha bayonnoma rasmiylashtirildi. Hujjatlar sudga yo`naltirildi.

Mirobod tumani ma'muriy ishlar bo‘yicha sudi Inomjon A.ni O‘zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining yuqorida qayd etilgan moddalari bo‘yicha aybdor deb topdi va unga nisbatan 15 sutkalik ma'muriy qamoq belgiladi.

Барча янгиликлар

Text to speech