18 Апрел 2022 йил 2901

Rasmiy munosabat

Internet tarmog'ida 17 yoshli o‘quvchining vafoti to'g'risida xabar tarqaldi. Mazkur fakt bo'yicha quyidagilarni ma'lum qilamiz.

17 aprel kuni taxminan soat 18.00 da Sergeli tumanida joylashgan Internet klublarning birida 18yoshli X. S. 17 yoshli maktab o‘quvchisi I. Sh. bilan o‘zaro janjal kelib chiqqan. Kelishmovchilik natijasida X. S. voyaga yetmagan I. Sh. ga tan jarohati yetkazgan. Yetkazilgan tan jarohati oqibatida o‘smir kasalxonada vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi ("Qasddan badanga ogir shikast yetkazish") boyicha jinoyat ishi qo`zg`atildi. Gumonlanuvchi ushlangan, tergov davom etmoqda.

Барча янгиликлар

Text to speech