18 Феврал 2022 йил 1814

Toshkent shahar IIBB rahbariyati tomonidan fuqarolar sayyor qabuli o`tkazildi

Yashnobod va Bektemir tumanlari aholisi va mehmonlarining sayyor qabuli Xalq qabulxonasida Toshkent shahar IIBB boshlig`ining o`rinbosari – Tergov boshqarmasi boshlig`i polkovnik Dilmurod Mirsodiqov tomonidan o`tkazildi. Fuqarolar qabulida shuningdek MvaFRB mas’ul xodimlari, yuqoridagi tumanlar IIO FMB boshliqlari qatnashdilar.
Jami qabulga 30 dan ortiq fuqarolar keldilar. Fuqarolarning ichki ishlar organlari faoliyati, shu jumladan tergov va surishtiruv bilan bog`liq 28 ta murojaatlari ko`rib chiqildi. Ishga joylashish, ichki ishlar organlariga xizmatga kirish bo`yicha savollar berildi. Har bir murojaat nazoratga olindi.
Tadbir davomida “yoshlar daftariga” kiritilgan 5 nafar yoshlarga tadbirkorlik bilan shug`ullanish uchun zarur texnika topshirildi. Yana ikki nafar yoshlarga kasb egallash uchun o`qishga yo`llanma berildi.

Барча янгиликлар

Text to speech