Xayrli ish: hayotni asrab qolishga qo‘shilgan hissa
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xodimlari muntazam ravishda qon topshirib, donorga aylanib bormoqda. Jumladan, 25-mart kuni PPX va JTSB xodimlari Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga tashrif buyurishdi. “Men donorman” chellejida 110 dan ortiq kishi ishtirok etdi.
Ishtirok etish va donor bo‘lish istagidagilar shifokorlar so‘rovidan o‘tib, turli xil savollarga javob berdilar. Tadbirdan so‘ng Qon quyish markazi vakillari har bir donorga o‘z minnatdorchiliklarini bildirib, tibbiyot amaliyotida qon quyish bemorlar hayotini asrab qolishda yordam berishini ta'kidlab o‘tdilar. Demak, donor bo‘lish birovning hayotini asrab qolishga qo‘shilgan hissadir.