5 Январ 2022 йил 4114

Pirotexnika vositalaridan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

Bilamizki respublikamiz xududida Pirotexnika vositalaridan foydalanish qonun bilan ta’qiqlangan, lekin shunga qaramay yangi yil bayramlari turli xildagi pirotexnika vositalari bilan bog`liq bo`lib qolgan. Аmmo ko`pchilik yosh avlod vakillari va hatto yoshi kattalar pirotexnika vositalari sog`liq uchun xavfli ekanligini unutib qo`ymoqdalar. Shu o’rinda yana bir bor eslatib o`tamiz, pirotexnika vositalaridan noqonuniy foydalanish ma`muriy choralar qo`llanilishiga sabab bo`ladi.
Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolardan birida bir guruh yoshlar turli pirotexnika buyumlaridan foydalanganlari aks etgan. Ushbu holat bo`yicha quyidagilarni ma`lum qilamiz. 2021-yilning 31-dekabridan joriy yilning 1-yanvariga o`tar tunda 32 yoshli Zabixullo U., 25 yoshli Ubaydulla S. va 28 yoshli Sitora U.lar Chilonzor tumani Chilonzor va Cho`pon-ota ko`chalari kesishmasida ya’ni, jamoat joyida bo`la turib, Xitoyda ishlab chiqarilgan va sifat sertifikatiga ega bo’lmagan pirotexnika vositalaridan foydalanishgan va bu xatti-xarakatlari bilan o’z salomatliklarini xavf ostiga qo’ygan holda ma`muriy xuquqbuzarlik sodir etishgan. Mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksining 185-moddasi 1-qismi bo`yicha bayonnoma rasmiylashtirildi.

Барча янгиликлар

Text to speech