17 Феврал 2022 йил 1769

Shayxontohur tumanida olib borilayotgan profilaktik tadbirlar to`g`risida

Yaqinda Shayxontohur tumanida olib borilgan profilaktik tadbirlar davomida aniqlanishicha, 42 yoshli Munira S., 33 yoshli Nasiba M., 47 yoshli Mashkura S. va 40 yoshli Munisa D.lar ta’limga tegishli hujjatsiz o`quv markazida diniy adabiyotdan foydalangan holda dars o`tganlar.
Mazkur fakt asosida O`zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksining 241-moddasi (“Diniy ta’limotdan saboq berish tartibini buzish”) bo`yicha hujjatlar rasmiylashtirilib, sudga yo`naltirildi. Mazkur ish bo`yicha muhokama Shayxontohur tumani IIO FMB boshlig`i polkovnik O. Murodov va boshqa tuzilmalar ishtirokida o`tkazildi. Uchrashuvda qonunchilikning buzilishi sabablari va oqibatlari, shuningdek fuqarolarning huquqbuzarliklar va jinoyatlarning oldini olishdagi o`rni muhokama qilindi. Fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasining "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida"gi Qonunining asosiy qoidalari eslatildi. Tadbir yakunida ishtirokchilar o`z savollariga atroflicha javob oldilar.

Барча янгиликлар

Text to speech