5 Май 2022 йил 1580

Toshkent shahar IIBB xodimlari oilaviy kelishmovchilikka barham berishdi

Ma'lum sabablarga ko'ra oila ajrim yoqasiga kelib qolishi, bolalar doimo stress va psixologik bosim ostida qolib ketishi mumkin. Agarda bunday vaziyatda turmush o'rtoqlarni yarashtirish uchun aniq choralar ko'rilmasa, bu juda yomon yakunlanishi mumkin. Toshkent shahar IIBB xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektorlari manfaatdor tashkilotlar bilan hamkorlikda olib borayotgan profilaktika va tushuntirish ishlari natijasida aksariyat oilalarni saqlab qolish imkoni yaratilmoqda.

Toshkent shahar IIBB XPB hamda Sergeli tumani IIO FMB XPB xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektorlari, “Soxibkor” MFY vakillari hamkorligida ajrim yoqasiga kelib qolgan 1992 yilda tug‘ilgan Sh.S. va uning turmush o‘rtog‘i 1985 yilda tug‘ilgan U.S. lar ota-onalari bilan mahallaga chaqirtirildilar.

Oiladagi kelishmovchilik yuzasidan har ikki taraflar eshitilib, muammo bo‘yicha ularga psixologik yordam hamda huquqiy maslahatlar berildi. Fuqaro Sh.S. bilan U. S. larning 3 nafar farzandlari bo‘lib ularning oilaviy muammosiga yechim topish maqsadida Sh.S. mahalla hududidagi tikuv sexiga ishga joylashtirildi.

Yig‘ilishda qatnashganlarning say-harakatlari bilan oila yarashtirildi.

Барча янгиликлар

Text to speech