Chilonzor tumani IIO FMBga kelib tushgan xabarga ko‘ra, 9-may kuni soat 14:00 atrofida noma’lum shaxslar yerto‘laning qulfini buzib, 28-yoshli Jaxongir T.ga tegishli muzlatgich, mikroto‘lqinli pech va 11 000 AQSh dollarini o‘g‘irlab voqea joyidan yashirinishgan. Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi (“O‘g‘irlik”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ko‘rilgan choralar davomida jinoyatchilar ertasi kuniyoq aniqlanib, qo‘lga olindi. Ular, 54 yoshli Pavel L. va 31 yoshli Mariya K. bo‘lib chiqdi. Tergov davom etmoqda.