16 Март 2022 йил 1707

Novvoyxonada sodir bo'lgan o‘g‘rilik qisqa vaqt ichida fosh etildi

10-mart kuni Uchtepa tumani ichki ishlar organlariga 53 yoshli Gulchehra M. murojaat qildi. U o‘zi rahbarlik qilayotgan novvoyxonadan uyali telefon va 850.000 so‘m pullar o‘g‘irlab ketilganligini ma’lum qilgan. Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi (O‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida IIBB xodimlari tomonidan o‘g‘rilikda gumonlanuvchi shaxs aniqlangan. U novvoyxonaga sinov muddatiga yollangan 19 yoshli Shoiraxon B. bo‘lib chiqdi. Tergov davom etmoqda.

 

Барча янгиликлар

Text to speech