Noma'lum shaxs fuqaroning telefonini o‘g‘irlab ketdi
8 aprel kuni Yashnobod tumani IIO FMBga avtomashinalarni yuvish shaxobchasi ishchisi 26 yoshli Musa U. murojaat qilib, uyali telefoni yo‘qolib qolganini aytgan. Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi ("O‘g‘rilik") bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida, o‘g‘rilikni sodir etishda 19 yoshli Bobur D. gumon qilinib, qo‘lga olindi. U Musa telefonini quvvatlantirishga qo‘yganligidan foydalanib, uyali telefonini olib ketganligi aniqlandi. Tergov davom etmoqda.