19 Март 2022 йил 1843

Navro‘z – yangi umidlar bayrami!

Bahor faslining yangilanish bayrami arafasida Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi rahbariyati tomonidan 77-sonli ko‘zi ojiz bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchilari uchun bayram tadbiri tashkil etildi. Bayram tadbiri “Yangyobod” to‘yxonasida bo‘lib o‘tdi. Tadbirda mazkur maktab-internatning o‘quvchi va o‘qituvchilari, Toshkent shahar IIBB hamda Yashnobod tumani IIO FMBning mas'ul xodimlari ishtirok etdilar. Mehmonlarga turli xil taomlar va shirinliklar bilan to‘ldirilgan bayram dasturxoni yozildi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar Navro‘z umumxalq bayrami, ezgulik va tabiatning yangilanish ramzi ekanligini, unda xalqimizga xos birdamlik, mehr-oqibat, hamjihatlik g‘oyalari mujassamligini ta'kidladilar.

Maktab o‘quvchilari hamda Toshkent shahar IIBB mas'ul xodimlari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi, o'yin va musobaqalar barchaga bayramona kayfiyat bag‘ishladi. Tadbir yakunida esdalik sovg'alari topshirildi.

Барча янгиликлар

Text to speech