2 Феврал 2022 йил 1934

Navbatdagi sayyor qabul Yangihayot tumanida o`tkazildi

Shahar 3-sektori rahbari – poytaxt IIBB boshlig`ining sayyor qabuli Yangihayot tumani aholisining muammolarini yechish imkonini berdi. Sayyor qabulda Ma’naviyat-ma’rifat ishlari va kadrlar ta’minoti xizmati, MvaFRB, Yangihayot tumani IIO FMB boshliqlari va tuman hokimi, shuningdek mas’ul tashkilot va idoralar rahbarlari qatnashdilar. Tadbir tumanda joylashgan 285-son o`rta maktabda o`tkazildi. Jami qabulga 45 nafardan ortiq fuqarolar keldilar.
Murojaatlarning asosiy qismi pasport olish, propiska, moddiy yordam, ishga joylashish, shuningdek yo`l xavfsizligi sohasiga taalluqli edi. Muloqot davomida yoshlar masalalari ham hal qilindi. Oliy ta’lim muassasalarida tahsil olmoqchi bo`lgan yosh avlod vakillariga kontrakt to`lashda yordam ko`rsatildi. “Yoshlar daftariga” kiritilgan yigit va qizlarga zarur moslama va texnikalar topshirildi.
Har bir masala Toshkent shahar IIBB rahbariyatining nazoratiga olindi. Ulardan bir qatori bo`yicha tezkor chora ko`rish topshirig`i berildi. 20 dan ortiq murojaatlar joyda hal qilindi. 

Барча янгиликлар

Text to speech