Yo'l harakati qoidasini buzish qonun oldida javobgarlikka sabab bo'ladi
Ijtimoiy tarmoqlarda bir nichta haydovchilar yo'l harakati qoidalarini buzganligi va harakat xavfsizligiga tahdid solgankigi aks etgan video tarqalmoqda. Mazkur holat yuzasidan quyidagilarni ma'lum qilamiz.
Toshkent shahar IIBB YHXB mas'ul xodimlari tomonidan olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida, ushbu voqea joriy yilning 13 mart kuni Yunusobod tumani, Amir Temur ko‘chasida sodir bo‘lganligi aniqlandi. Holat yuzasidan, "Matiz Best" rusumli, davlat raqam belgisi 01 L 005 EA bo‘lgan transport vositasi haydovchisi 1998 yilda tug‘ilgan M.A., "Malibu" rusumli, davlat raqam belgisi 01 111 XBA bo‘lgan transport vositasi haydovchisi 1998 yilda tug‘ilgan N.J. va ''Laсetti'' rusumli, davlat raqam belgisi 01 J 009 KB bo‘lgan transport vositasi haydovchisi 2001 yilda tug‘ilgan N.J.lar tegishli ruhsatnomalarga ega bo‘lmay turib, transport vositalarini tovush chiqaruvchi va yorituvchi maxsus qurilmalar bilan jihozlab, transport vositalari oqimiga qarama-qarshi harakatlanib, bu bilan har biri, O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 128 prim. 5 moddasi va 127-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir qilganligi aniqlanib, ularga nisbatan ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi. Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 291-moddasi (a) bandiga ko‘ra avtomashinalar vaqtinchalik jarima maydoniga joylashtirildi. Haydovchilar bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.
Shuningdek, shu kuni yo‘l harakati xavfsizligiga tahdid soluvchi guruh bo‘lib harakat qilishda qatnashgan boshqa transport vositalari haydovchilarini aniqlash ishlari davom etmoqda.