23 Феврал 2022 йил 1943

Mirzo-Ulug'bek tumani 3-sektor rahbari mahalliy yoshlarni sport mashg`ulotlariga jalb qilmoqda

Mirzo-Ulug'bek tumani shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo`yicha 3-sektor rahbarining tashabbusi bilan sektor hududidagi mahallalar yoshlar yetakchilari bilan birgalikda Bobur nomidagi Markaziy ekoparkda yoshlar sport festivali o`tkazilib, unda 150 dan ortiq mahalliy va uyushmagan yoshlar qatnashdilar.
Sport tadbiridi futbol, taekvondo va kamondan o`q uzish bo`yicha musobaqalar bo`lib o`tdi. Futbol maydonida mahalliy yoshlardan tashkil topgan jamoalar o`rtasida o`yinlar o`tkazildi. Taekvondo bo`yicha sport to`garagi qatnashchilarining chiqishlari ham tomoshabinlarda katta qiziqish uyg`otdi.
Musobaqa yakunida “Turon” mahallasi yoshlari g`olib bo`ldilar, ikkinchi o`rin “Oqqo`rg`on” mahallasi yoshlariga nasib etdi, uchinchi o`rinni esa “Olmachi” mahallasi yoshlari egalladilar.
Yoshlar sport festivali ishtirokchilari faxriy yorliq va esdalik sovg`alar bilan taqdirlandilar. 

Барча янгиликлар

Text to speech