13 Феврал 2022 йил 3196

Mirobod tumanida ro`y bergan YTH haqida ma’lumot

Internet tarmog`ida Mirobod tumanida ro`y bergan yo`l-transport hodisasi to`g`risida tarqalayatogan xabarlar bo`yicha quyidagilarni ma’lum qilamiz.

2022-yil 12-fevral kuni taxminan soat 23:00 da Mirobod tumani Yangi Qo‘yliq ko`chasida I. A. “Malibu” avtomobilini boshqargan haydovchi piyodani urib yuborgan. 

YTH oqibatida 45 yoshli piyoda voqea joyida hayotdan ko‘z yumdi. Marhumning yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etamiz

Mazkur holat bo'yicha Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bo'yicha jinoyat ishi qo'zg'atildi. Tergov davom etmoqda. 

Барча янгиликлар

Text to speech