4 Январ 2022 йил 4992

Mast haydovchi og‘ir YTHga sabab bo‘ldi

2022 yil 1 yanvar kuni soat 17:15 larda Yashnobod tumani, Maxtumquli ko‘chasida “Matiz” rusumli avtomashina haydovchisi spirtli ichimlik ta’siri ostida bo’lgan 1967 yilda tug’ilgan Sobirjon N. boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo’nalish bo’ylab harakatlanib kelayotgan, 1991 yilda tug’ilgan Elmurod R.ning boshqaruvidagi “Neksiya-2” rusumli hamda 1983 yilda tug’ilgan Ravshan K. boshqaruvidagi “Neksiya-2” rusumli avtomobillar bilan to’qnashuv sodir etgan. YTX natijasida quyidagilar:

1) “Neksiya-2” haydovchisi Ravshan K. (tashxis:  bosh miya yopiq jarohati, BMCh, chap boldir suyagining yopiq sinishi, oyoqning to‘piq qismi yopiq sinishi);2) 2009 y.t. voyaga yetmagan yo‘lovchi, 7-sinf o‘quvchisi Z.T. (tashxis: bosh miya yopiq jarohati, BMCh);

3) 2012 y.t. voyaga yetmagan yo‘lovchi, 2-sinf o‘quvchisi F.K. (tashxis: peshona teri qismi yirtilgan jarohati, bosh miya yopiq jarohati, BMCh);
4) 2017 y.t. voyaga yetmagan yo‘lovchi, bog‘cha tarbiylanuvchisi I.K. (tashxis: boshning yuqori qismining yirtilgan jarohati, bosh miya yopiq jarohati, BMCh, chap oyoq boldir suyagi yopiq sinishi);   

5) 1987 y.t.yo‘lovchi F.K. (tashxis: chap oyoq ochiq sinib siljishi);

6) 2021 y.t. voyaga yetmagan yo‘lovchi O.K. (tashxis: travmatik shok);

7) “Matiz” rusumli avtomashina haydovchisi Sobirjon N. (tashxis: bosh miya yopiq jarohati, BMCh, o'ng boldir suyagining ochiq sinib siljishi, ko'plab shilinmalar, mastlik holati)lar turli darajadagi tan jarohatlari olishgan. Barcha jabrlanganlar kasalxonaga yotqizilgan, ularga har tomonlama tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan, Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Hurmatli haydovchilar! Spirtli ichimliklar ichgan holatda (hatto sizning fikringizcha "ahamiyatsiz" miqdorda bo’lsada – spirtli ichimliklarning har qanday miqdori hushyorlik va reaktsiya tezligiga salbiy ta'sir qiladi, bu o’gir oqibatlarga olib kelishi mumkin) – transport vositasini boshqarishdan voz keching va taksi xizmatidan foydalaning.

 

 

Барча янгиликлар

Text to speech