21 Феврал 2022 йил 1631

Toshkent shahar IIBBda ma’naviyat-ma’rifat tadbiri bo'lib o'tdi

Bugun Toshkent shahar IIBB shaxsiy tarkibi orasida navbatdagi ma’naviyat-ma’rifat tadbiri o`tkazilib, unda “Tarixdagi eng buyuk britaniyalik” va “O`zbek xalqining atoqli o`g`li” mavzulari muhokama qilindi. O`z millatlarining yorqin vakillari bo`lgan Uinstor Cherchill va Sharof Rashidovlarning hayotlari va siyosiy faoliyatlari to`g`risida nutq tayyorlandi. Tadbirda qayd etilganidek, – “O`z davrlarining yorqin vakillari bo`lgan ushbu shaxslar o`z yurtlarining rivojiga sezilarli hissa qo`shdilar. Ular nafaqat siyosiy faoliyatlari tufayli mashhur bo`lganlar, balki kitoblar ham yozganlar”.
Xodimlar uchun O`zbekiston Respublikasi Prezidentining poytaxtning Yangihayot tumaniga tashrifi to`g`risida syujet tayyorlangan bo`lib, unda mazkur tumanning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti haqida so`z bordi. Tashrif davomida Shavkat Mirziyoev “Yangihayot” sanoat texnoparkining qurilishida bo`lib, “Do`stlik” mahallasida yashovchi fuqarolar bidan suhbatlashdi, shuningdek qandolat korxonasiga tashrif buyurdi. 

Барча янгиликлар

Text to speech