23 Феврал 2022 йил 1715

Toshkent shahar IIBBda malaka oshirish seminarlari o`tkazildi

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo`yicha sektorlar faoliyati samaradorligini baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent shahar IIBBda 12 ta tumanlar IIO FMBlari boshliqlarining ijtimoiy profilaktika masalalari bo`yicha o`rinbosarlari, shuningdek sektorlar ishchi guruhlarining mas’ul xodimlari uchun o`quv seminarlari o`tkazildi. Seminar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligini Toshkent shahar filialining mas’ul xodimlari tomonidan o`tkazildi.
Tajribali mutaxassislar tadbir ishtirokchilariga shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo`yicha sektorlar faoliyatining asosiy tushunchalariga, “temir”, “yoshlar” va “ayollar” daftarlari ro`yxatlarining shakllanishiga bag`ishlangan ma’ruzalarni o`qidilar, mazkur yo`nalishda qanday ishlar olib borilayotgani to`g`risida so`zlab berdilar. Baholash tizimiga batafsil to`xtalib, sektor faoliyatida mavjud bo`lgan ba’zi kamchilik va xatolarga ishora qildilar.
O`quv seminari davomida ma’ruzalar tinglandi, taklif qilingan mavzular va aniqlangan kamchiliklarning muhokamasi o`tkazildi. Konstruktiv muloqot davomida seminar ishtirokchilari tajriba almashdilar va o`zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar.

Барча янгиликлар

Text to speech