9 Феврал 2022 йил 1562

Mirzo-Ulug`bek tumani IIO FMB xodimlari mahalliy yoshlarda vatanparvarlik tuyg`usi shakllanishiga hissa qo`shmoqdalar

O`sib kelayotgan avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiya qilish, ularning bo`lajak kasb tanlashlarida huquqni muhofaza qiluvchi bo`linmalar tomonidan o`tkaziladigan ochiq eshiklar kunlari katta o`rin tutadi. Yaqinda Mirzo-Ulug`bek tumani IIO FMB tashabbusi bilan 3-sektor hududida yashovchi bir guruh uyushmagan yoshlar O`zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo`riqlash bo`linmasida bo`ldilar. Yoshlar xodimlarning xizmat sharoitlari bilan tanishib chiqdilar, jumladan oshxona, mashqlar zali, sport maydonchasini ko`rib chiqdilar. Ularga jangovar texnika, tabel quroli namoyish etildi.
So`ng yoshlar uchun O`zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Maxsus o`quv markaziga ekskursiya uyushtirildi. Markazda Milliy gvardiya maxsus otryadlarining jangovar tayorgarlik bo`yicha chiqishlari namoyish etildi. Shuningdek yoshlar bir nechta mashqlarni bajarish imkoniyatiga ega bo`ldilar.

Барча янгиликлар

Text to speech