19 Апрел 2022 йил 1417

Loyiha davom etmoqda

“Yashil makon” umummilliy loyihasiga Toshkent shahar IIBB xodimlari ham o‘z hissalarini qo‘shmoqdalar. Jumladan, Mirzo Ulug‘bek tumani uchinchi sektor rahbari tuman aholisi bilan birga sektor hududidagi yer maydonida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirishdi. Ular olti yuzdan ortiq manazarali va mevali ko‘chatlarni ekishdi. Shuningdek, 5000 dan ziyod turli xil gul ko‘chatlaridan iborat landshaftli maydon yaratishga kirishildi.
Bu kabi tadbirlar poytaxtning boshqa hududlarida ham qizg‘in davom etmoqda.

Барча янгиликлар

Text to speech