1 Март 2022 йил 1825

Toshkent shahar IIBB kinologiya xizmati xodimlari 166-son maktabda bo`ldilar

Yaqinda Toshkent shahar IIBB JTSB kinologiya xizmati xodimlari guruhi Yashnobod tumanidagi 166-son maktabda bo`ldilar. Xodimlar bolalarga o`z xizmatlari va vazifalari haqida so`zlab berishdi.

So`ng ta’lim muassasasining hovlisida kinologlar va ularning xizmat itlarining chiqishlari namoyish etildi. Bolalar hovlidagi jarayonni qiziqish bilan tomosha qildilar.

Аlbatta, bu kabi uchrashuvlar o`sib kelayotgan avlodning ichki ishlar organlari kasbiga bo`lgan qiziqishlarini oshiradi.

Барча янгиликлар

Text to speech