19 Феврал 2022 йил 2167

Jinoyat qidiruv xizmati xodimlarining tezkor choralari tufayli giyohvandlik vositalarini tarqatish bilan bog`liq harakatlarning oldi olindi

9-fevral kuni poytaxt IIBB JQB va Mirzo-Ulug`bek tumani IIO FMB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida internet orqali giyohvandlik vositalarini sotish bilan shug`ullangan 22 yoshli А.T. qo`lga olindi.
Аniqlanishicha, mazkur shaxs muayyan joylarda giyohvandlik vositalarini yashirib, sotgan. Buyurtmachi bilan telegram-bot orqali bog`langan. Tekshiruv davomida ashyoviy dalillar sifatida А.T.dan jami 0,8 gramm sintetik giyohvandlik vositasi topildi.
Shuningdek aniqlanishicha, yigit Mirzo-Ulug`bek tumanida 2 gramm ushbu giyohvandlik vositasi turini yashirgan. Gumonlanuvchining yashash joyi tekshirilganda u yerda 5 gramm “geroin”, 6 gramm “marixuana”, 5 gramm “gashish” va 3 gramm sintetik giyohvandlik vositasi topildi.
Dastlabki tergov davomida ma’lum bo`lishicha, А.T. Shayxontohur tumanida 15 ta joyda jami 10 gramm “geroin” yashirgan. Mazkur fakt asosida O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi (“Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o`tkazish maqsadini ko`zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o`tkazish”) bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atildi.
Eslatib o`tamiz, ushbu xatti-harakat uchun O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining o`n yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazo muddati belgilangan.

Барча янгиликлар

Text to speech