24 Феврал 2022 йил 1262

Toshkent shahar IIBB xodimlari va faxriylari Uchtepa tumanidagi maktab o`quvchilari bilan uchrashdilar

Uchtepa tumanidagi 78-son o`rta maktabda o`quvchi va o`qituvchilarning Toshkent shahar IIBB Ma’naviyat-ma’rifat ishlari va kadrlar ta’minoti xizmatining mas’ul xodimlari hamda faxriylari bilan uchrashuvi bo`lib o`tdi. Uchrashuvda voyaga yetmaganlar orasida huquqbuzarliklar profilaktikasi, jinoyatlarga qarshi kurash va kattalarning qaramog`isiz qolgan o`smirlarni nazorat qilish masalalari muhokama qilindi.
So`zga chiqqanlar yoshlarning ta’limini nazorat qilish, ularni sportga, sog`lom turmush tarziga jalb qilish, bo`sh vaqtni unumli o`tkazishga qiziqtirish orqali yomon yo`ldan asrab qolish mumkinligini qayd etdilar. Uchrashuv davomida ishtirokchilarga mamlakat rahbariyati tomonidan yoshlarga qaratilayotgan e’tibor va g`amxo`rlik misol keltirilib, intellektual, ijodiy va sport salohiyatini rivojlantirish uchun tashkil qilinayotgan sharoitlar o`sib kelayotgan avlodga jamiyatda o`z o`rnilarini topishda yordam berishi ta’kidlandi. 

Барча янгиликлар

Text to speech