7 Феврал 2022 йил 1649

IIBB xodimlari manzilli yordam ko`rsatmoqdalar

Toshkent shahar IIBB, poytaxtdagi barcha tuman IIO FMB rahbariyati va mas’ul xodimlari aholining yashash sharoitini yaxshilashga, kam ta’minlangan oilalarga, salomatligi bilan bog`liq muammolari bor bo’lgan yolg`iz keksalarga hamda fuqarolarga manzilli yordam ko`rsatishga qaratilgan “Fuqarobay” va “Mahallabay” tizimi bo`yicha faoliyatni davom ettirmoqdalar.
Jumladan, yaqinda poytaxt IIBB boshlig`i general-mayor А. Tashpulatov Uchtepa va Yangihayot tumanlari IIO FMB boshliqlari polkovnik А. Аbdurazakov, podpolkovnik M. Raimov, shuningdek manfaatdor idoralar va tashkilotlar vakillari bilan birgalikda “temir” va “ayollar” daftarlariga kiritilgan kam ta’minlangan oilalardan, yolg`iz keksalardan, nogironlari bor oilalardan xabar oldilar. Uchrashuv davomida malakali tibbiy yordam ko`rsatish, uylarni ta’mirlash, aholining yashash sharoitlarini hamda ularning moddiy holatini yaxshilash shuningdek bandlikni ta’minlash bilan bog`liq muammolar hal qilindi. Har bir oilaga oziq-ovqat to`plamlari topshirildi.
Og`ir sharoitda qolgan fuqarolarga yordam ko`rsatish ishlari barcha tumanlar IIO FMB xodimlari tomonidan doimiy olib borilmoqda.

Барча янгиликлар

Text to speech