28 Феврал 2022 йил 1804

IIBB terma jamoasining chavandozlari ot yo`rttirish musobaqasida kumush sohibi bo`ldilar

Yaqinda Mirzo-Ulug`bek tumani mahallalari yoshlar yetakchilarining tashabbusi bilan Milliy gvardiya huzuridagi Respublika oliy sport mahorati maktabida harbiy xizmatchilar va harbiylashtirilgan tuzilmalari xodimlari o`rtasida ot yo`rttirish musobaqasi o`tkazildi. Musobaqani 3-sektor hududida joylashgan bir qator mahallalar yoshlari tomosha qildilar. Yoshlarni va o`smirlarni sport mashg`ulotlariga, ayniqsa ot sporti bilan shug`ullanishga qiziqtirish, ularning bo`sh vaqtlarini foydali mashg`ulotlar bilan to`ldirish tadbirning asosiy maqsadlaridan biri edi.

Musobaqada O`zbekiston Qurolli Kuchlari, Milliy gvardiya, Toshkent shahar IIBB va DXX jamoalari qatnashdilar. IIBB nomidan musobaqada patrul-post xizmati brigadasining sportchilari ishtirok etdilar.

Tadbir natijalariga ko`ra birinchi o`rinni O`zbekiston Qurolli Kuchlari terma jamoasi egalladi, ikkinchi o`rin Toshkent shahar IIBB PPX brigadasi sportchilariga nasib etdi. Respublika Milliy gvardiyasi terma jamoasi chavandozlari esa bronza sohibiga aylandilar. Musobaqa yakunida g`oliblarni taqdirlash marosimi o`tkazildi.

Барча янгиликлар

Text to speech