IIBB soha xizmatlari xodimlari orasida xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi
Toshkent shahar IIBB Jamoat tartibini saqlash boshqarmasida xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash, xodimlarning ruhiy-ma’naviy tarbiya darajasini, kasb mahorati va bilimlarini oshirishga qaratilgan uchrashuv bo`lib o`tdi. Kinologiya xizmati va karantin tadbirlarini ta’minlash guruhi shaxsiy tarkibi bilan o`tkazilgan uchrashuvda JTSB rahbariyati ishtirok etdi. Tadbirda so`z ichki ishlar organlarida xizmat intizomi talablariga, qonunchilikka rioya qilish, mavjud muammolar va ularga yechim topish yo`llari haqida so`z bordi. Uchrashuv davomida Toshkent shahar IIBB JTSB boshlig`i podpolkovnik U. Yakubov bo`linmalar rahbarlarini har bir xodimga nisbatan e’tiborliroq bo`lishga, ularning ruhiy-psixologik holatini va oilalaridagi holatni batafsilroq o`rganishga chaqirdilar. Xodimlar tashqi qiyofalariga e’tiborli bo`lishlari va fuqarolar bilan muloqot qilish madaniyatiga rioya qilishlari zarurligi eslatildi. Uchrashuvga shuningdek xodimlarning ota-onalari va turmush o`rtoqlari taklif qilindi. Ular xizmat faoliyati bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo`ldilar. Mehmonlarga faoliyat uchun tashkil qilingan qulay shart-sharoitlar, huquqiy va ijtimoiy himoya, xodimlar va ularning oilalarini moddiy qo`llab-quvvatlash to`g`risida ma’lumot berildi.