10 Январ 2022 йил 1513

Toshkent shahar IIBB YHXB hodimlari tomonidan haydovchilar bilan profilaktik suhbatlar o'tkazildi

Toshkent avtovokzalida 2022 yilning 10 yanvar kuni Toshkent shahar IIBB YHXB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, podpolkovnik Q.A.Yuldashev va boshqa soha vakillari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda Toshkent avtovokzali hududidan viloyatlarga qatnovchi “UZAUTOTRANS SERVICE” MChJ korxonasi rahbar xodimlari va 50 nafar avtobus haydovchilari qatnashdi.
Tadbir davomida Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari so‘zga chiqib, yig‘ilganlarga so‘nggi vaqtlarda respublikamiz hududida sodir bo‘layotgan YTH salmog‘i oshib borayotganligi, buning asosiy sabablaridan biri haydovchilar tomonidan transport vositalarining tezligni belgilangan me'yorlardan oshirib boshqarayotganliklari, natijada og‘ir oqibatli YTHlar sodir bo‘layotganligi, shu sababli barchadan yo‘l harakati qoidalariga qat'iy amal qilib, ob-havo sharoitlarini hisobga olib, qor yog‘ganda, yo‘llarning qatnov qismlarida muzlamalar paydo bo‘lganda ehtiyot choralarini ko‘rgan xolda harakatlanishlari haqida eslatib o’tdi.
Shuningdek vodiyga qatnovchi avtotransport xaydovchilari bilan og‘ir oqibatli yo‘l transport hodisalarini oldini olish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borildi xamda videoroliklar namoyish etildi.
Qolaversa Respublikamiz xududida koronavirus infeksiyasi va uning yangi shtammi tarqalishini oldini olish va joriy etilgan karantin qoidalariga qat'iy amal qilinishiga jiddiy e'tibor qaratish lozimligi tushuntirildi. 

Барча янгиликлар

Text to speech