Toshkent shahar IIBB xodimlari giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning qonunga xilof muomalasi bilan bogʻliq faktlarni aniqlash ishlarini oʻtkazmoqdalar
Toshkent shahar IIBB xodimlari muntazam ravishda giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning qonunga xilof muomalasi bilan bogʻliq faktlarni aniqlash ishlarini olib boradilar. 2021-yilda Yunusobod tumani IIO FMB xodimlari giyohvandlik vositalarining qonunga xilof muomalasi bilan bogʻliq 129 ta faktni aniqladilar. Aniqlangan har bir fakt boʻyicha jinoyat ishlari qoʻzgʻatilgan. Bundan tashqari, oʻtgan davrda tuman hududida olib borilgan maxsus tadbirlar davomida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy savdosi bilan bogʻliq 13 ta fakt aniqlangan. Dorixonalar ishchilariga nisbatan jinoyat ishlari qoʻzgʻatildi. Noqonuniy muomaladan jami 4 388 gramm giyohvandlik vositalari olingan boʻlib, ularning aksariyatini marixuana, koʻknor va gashish tashkil qilgan. Shuningdek Yunusobod tumani IIO FMB xodimlari giyohvandlik vositalarining “reklamasi” bilan bogʻliq faktlarni aniqladilar. Tadbirlar davomida trafaret yordamida reklama yozuvlarini qoldirgan ikki nafar shaxs qoʻlga olindi. Jami 71 ta yozuvlar qayd etildi. Mazkur yoʻnalishdagi ishlar davom ettirilib, jinoyat uchun jazo muqarrarligi ta’minlanmoqda.