30 Март 2022 йил 3655

Fohishalik bilan shug'ullanayotgan shaxslar Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan qo'lga olinib, tegishli tartibda jazoga tortildi

Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan huquqbuzarliklar va jinoyatlar sodir etilishini barvaqt oldini olish, ro'y berganlarini fosh etish borasida maxsus profilaktik tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. Natijada qator huquqbuzarliklar va jinoyatlar erta aniqlanib, qonunbuzarlik holatlarini oldi olinmoqda. Jumladan, yaqinda o‘tkazilgan tadbirlar davomida 14 nafar ayol fohishalik bilan shug‘ullanayotgani ma’lum bo‘ldi. Ular telegram messenjerlari orqali alohida haq evaziga intim xizmatlarini taklif qilаyotgani aniqlanib, ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan qo'lga olindi.

Toshkent shahar Mirobod tumani hokimiyatining binosida O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 190-moddasiga asosan, Toshkent shahar hududida axloq-odob doirasida huquqbuzarlik sodir etgan xotin-qizlarni ma'muriy javobgarlikka tortilishi masalasini ko‘rib chiqish yuzasidan sayyor sud bo‘lib o‘tdi.

Mazkur sayyor sudda Toshkent shahar IIBB boshlig‘i o‘rinbosari polkovnik Ravshan Sultonxo‘jaev, Mirobod tumani sud'yalari, tuman bosh imom xatibi va otinoyisi, tuman IIO FMB mas'ullari hamda Toshkent shahar OITSga qarshi kurashish markazi mas'ul xodimlari hamda profilaktik hisobga olingan xotin-qizlar ishtirok etishdi. Huquqbuzarlik sodir etgan 6 nafar ayolga nisbatan O‘z.Res.MJtKning 190-moddasiga asosan ma'muriy qamoq jazosi, 8 nafariga esa jarima jazolari tayinlandi.

Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.

Барча янгиликлар

Text to speech