14 Феврал 2022 йил 2673

Eng yaxshi mukofot – saqlab qolingan hayot!

11-fevral kuni Sergeli tumani IIO FMB profilaktika katta inspektori kapitan Jamshid Toshkenboev yordamchisi Qudratillo Mirzarayimov bilan birga “Qipchoq” mahallasini ko`zdan kechirishayotgan edilar. Profilaktika inspektorining telefoniga mahallada joylashgan uylardan birida yashovchi fuqaro qo`ng`iroq qilib, uyida yong`in yuzaga kelganini, yonayotgan xonadondan ayol kishi borligini aytdi. Kapitan Jamshid Toshkenboev shu zahoti aytilgan manzilga yetib bordi. Xonadonga yaqinlashganida kuyindi hid sezildi. Profilaktika inspektori eshikni ochganida kasalligi tufayli harakatlanishi qiyin bo`lgan ayol xushini yo`qotishiga oz qolganini ko`rdi. Аyolni toza havoga olib chiqilib, tez yordam yetib kelguniga qadar unga birinchi yordam ko`rsatildi.
Аynan profilaktika inspektorining tezkor harakatlari sababli ko`p qavatli uyda yong`in tarqash xavfining oldi olindi. Аmmo eng muhimi – ayolning, hamda shu uyda yashovchi boshqa fuqarolarning hayotlari saqlab qolindi.

Барча янгиликлар

Text to speech