11 Август 2022 йил 1514

Chilonzor tumani IIO FMB xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektorlarning faoliyati haqida

Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektorlarning diqqati, turmush sharoiti og‘ir bo‘lgan ayollar va nosog‘lom oilalarga yordam hamda ko‘mak ko‘rsatishga qaratilgan.
Chilonzor tumani 3-sonli IIB xodimlari tomonidan "Botirma" mahallasida istiqomat qiluvchi 29 yoshli G.I. oilasida nosog‘lom muhit yuzaga kelganligi aniqlangan. O‘rganish jarayonida, ayol turmush o‘rtog‘i tomonidan tazyiqqa uchrayotgani ma'lum bo‘ldi. Psixologlar yordamida oiladagi holat o‘rganildi va ayolga himoya orderi berildi. Ayolning so‘zlariga ko‘ra, hozirda oilaviy munosabatlar yaxshilangan, u o‘zini himoyada ekanligini, psixolog bilan ishlash tufayli oilada yuzaga kelgan qiyinchiliklar bartaraf etilganligini ma'lum qilgan.
Shuningdek, inspektor-psixologlar “Ko‘tarma” mahallasida yashovchi 26 yoshli A.S. ga ham yordam berishdi. Ma'lum bo‘lishicha, tanishi unga nisbatan ruhiy va jismoniy zo‘ravonlik o‘tkazib kelayotganligi sababli, fuqaroga himoya orderi berilib, taraflarga ularning huquq va majburiyatlari tushuntirilgan.

“Kichik Xirmontepa” mahallasida yashovchi 69 yoshli onaxon qizlari tomonidan ruhiy tazyiqqa uchrayotganligi haqida xabar kelib tushdi. Onaxonga ham himoya orderi berilib, qizlariga mazkur hujjat bo‘yicha cheklovlar o‘rnatildi.

Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektorlarining yana bir yo‘nalishlaridan biri bu probasiya guruhida ro‘yhatda turgan ayollar bilan ishlash hisoblanadi. Yaqinda xodimlar tuman hokimiyati bilan birgalikda sayyor qabul o‘tkazishdi. Tadbirdan maqsad, hisobda turgan ayollarni bandligini ta'minlash va ishga joylashishda ko‘maklashishdan iborat. Sayyor qabul davomida 35 yoshli K.S. ni “ayollar daftari”ga kiritish va oliy o‘quv yurtida o‘qishini davom ettirish uchun amaliy yordam ko‘rsatildi. Shuningdek, yana bir ayolga uyda tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi uchun tikuv mashinasi olib berishda amaliy yordam ko‘rsatiladigan bo‘ldi. Mazkur yo‘nalishdagi ishlar davom etmoqda.

Барча янгиликлар

Text to speech