2 Июн 2022 йил 2086

Chilonzor tuman IIO FMB Probasiya xizmati faoliyati haqida

Toshkent shahar Chilonzor tumani “Dilobod” mahalla fuqarolar yig‘ini binosida sud'ya U.Qaxxorovning raisligida sayyor sud majlisi bo‘lib o‘tdi. Mazkur sud majlisida Chilonzor tumani Probasiya bo‘limi hisobida turgan 2 nafar nazorat ostidagi shaxsning, o‘talmagan jazosidan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilindi. Bir nafar shaxs jazo o‘tashdan bo‘yin tovlab yurganligi sababli, o‘talmagan jazosi ozodlikdan mahrum qilish jazosiga almashtirildi.
Joriy yilning may oyi davomida Chilonzor tuman IIO FMB Probasiya bo‘limi hisobiga 260 nafar shaxs olinib, 217 nafar shaxs hisobdan chiqarildi hamda hisobot davrining ohirida nazorat ostidagi shaxslar 758 nafarni tashkil etdi.
Jami nazorat ostidagi shaxslardan 261 nafari axloq tuzatish ishlari, 28 nafari shartli, 68 nafari muayyan huquqdan mahrum qilish, 175 nafari ozodlikni cheklash, 2 nafari majburiy jamoat ishlari jazolarini o‘tayotgan, 225 nafari muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilinganlardir.
Oy davomida nazorat ostidagi shaxslar bilan qayta jinoyat sodir etilishini oldini olish maqsadida, Probasiya bo‘limi inspektorlari boshqa mas'ul xizmat xodimlari bilan hamkorlikda yashash manzillarida, ish joylarida va xizmat xonalarida profilaktik suhbatlar o‘tkazishdi.

Барча янгиликлар

Text to speech