30 Март 2022 йил 1615

Buyumlaringizni qarovsiz qoldirmang!

16 mart kuni 41 yoshli Komiljon K. Mirzo Ulug'bek tumani Ichki ishlar organlariga murojaat qilib, do‘kon oldida qoldirilgan gaz va elektr plitalari hamda temir profillari yo‘qolganini ma’lum qilgan. Mazkur holat yuzasidan noma`lum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida IIBB xodimlari tomonidan ushbu jinoyatda gumondor shaxs, 23 yoshli Umidjon N. ekanligi aniqlanib qo‘lga olindi. Holat yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda.
Hurmatli fuqarolar, o'z buyumlaringizni qarovsiz qoldirmang!

Барча янгиликлар

Text to speech