29 Март 2022 йил 2077

Boshqa shaxs o'rniga imtihon topshirganlik uchun jinoiy javobgarlik mavjud

Mirobod tumani IIO FMBdan kelib tushgan xabarga ko‘ra, 17-mart kuni 22 yoshli Xurshidbek J. 31 yoshli Akbar S.ning baholash daftarini qalbakilashtirib, o‘rniga ingliz tili imtihoniga kirgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 228-moddasi (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.

Барча янгиликлар

Text to speech