20 Май 2022 йил 1458

Bir universitetdan boshqasiga o‘qishini ko‘chirishga yordam berishni va'da qilgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Chilonzor tumani IIO FMBga 28 yoshli Maxfuza ariza bilan murojaat qilib, 27 yoshli Bunyod S. unga Qozog‘iston oliy o‘quv yurtidan Toshkent davlat pedagogika universitetiga o‘qishini ko‘chirishga yordam qilishini va'da bergan. Buning uchun Bunyod Maxfuzadan 7.000.000 so‘m pullarini olib, va'dasini bajarmagan. Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Барча янгиликлар

Text to speech