17 Март 2022 йил 2318

Bektemir tumanida sodir bo‘lgan YTH haqida ma'lumot

2022 yil 17 mart kuni taxminan soat 04:00 da Bektemir tumanining Husayn Boyqaro va Bektemir ko‘chalari chorrahasida, haydovchi 1959 yilda tug‘ilgan, A.R. “Gaz 2410” rusumli, davlat raqam belgisi 10 W 676 DA avtomashinisida harakatlanib ketayotgan vaqtda, rul boshqaruvini yo‘qotib yo‘l chetidagi temir ustunga urilgan. Natijada, haydovchi olgan tan jarohatlari sababli voqea joyida VAFOT ETGAN. Marhumning oila a'zolariga hamdardlik bildiramiz.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli haydovchilar! Yo‘llarda harakatlanayotganda hushyor bo‘ling hamda yo‘l harakati qoidalariga rioya qiling. Transport vositangizni texnik holatiga e'tiborli bo‘ling. Hayotingiz va sog‘lig‘ingizga befarq bo‘lmang.

Барча янгиликлар

Text to speech