6 Май 2022 йил 1429

Bektemir tumanida kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni sotishga urinish holatining oldi olindi

25 aprel kuni Bektemir tumanida o‘tkazilgan profilaktika tadbiri davomida 45 yoshli Shaxzoda I. kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni sotmoqchi bo‘lgan vaqtida jinoyat ustida ushlandi. Uning yonidan 10 dona “Tropikamid” va 10 dona “Regapen” kapsulalari topilib, olib qo‘yilgan. U ularni 1.000.000 so‘mga sotmoqchi bo‘lgan. Xolislar ishtirokida uning xonadonini tekshirish natijasida yana 288 dona “Tropikamid” va 160 dona “Regapen” moddalari topilib, olib qo‘yildi. Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi 3-qismi (Kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov ishlari davom etmoqda.

Барча янгиликлар

Text to speech