Bektemir tumani IIO FMB huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi xodimlari tomonidan olib borilayotgan profilaktik ishlari to‘g‘risida
Bektemir tumani IIO FMB huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi xodimlari tomonidan yoshlar orasida huquqbuzarliklar va jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan qator tadbirlar o‘tkazib borishmoqda. Kuni kecha «Husayn Boyqaro» mahallasi yoshlari o‘rtasida “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” va “Odam savdosi - asr muammosi!” mavzulariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirda so‘zga chiqqanlar, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha profilaktika inspektorlarining tazyiq va zo‘ravonlikka uchrayotgan ayollarga yordam berish bilan bog‘liq vazifalari haqida ma'lumot berishdi. Shuningdek, uchrashuv ishtirokchilariga, kimlar asosan odam savdosining jabrdiydasiga aylanib qolishi, qanday qilib yigit va qizlar shu yo‘lga kirib qolishligi haqida so‘zlab berishdi. Uchrashuv davomida tashkilotchilar yig‘ilish ishtirokchilarga ushbu mavzu bo‘yicha bukletlar tarqatishdi.