22 Апрел 2022 йил 1872

Bektemir tumani 3-sektor rahbarining navbatdagi sayyor qabuli

Bektemir tumani “Bektemir” mahallasi hududidagi 289-sonli ixtisoslashgan umumta'lim maktab binosida 3-sektor rahbari podpolkovnik Elyor Ergashevning navbatdagi sayyor qabuli o'tkazildi. Uchrashuvda tuman sektor rahbarlari, hokim o'rinbosarlari, hududga biriktirilgan hokim yordamchilari, yoshlar etakchilari, tumandagi idora va tashkilot rahbarilari ishtirok etdilar. Bevosita muloqot jarayonida 12 nafar fuqaroning murojaati tinglandi.

Jumladan, elektr ta'minotini yaxshilash, oilaviy tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash, yo'llarni ta'mirlash, ehtiyojmandlarga moddiy yordam ajratish hamda ishga joylashtirish bo'yicha murojaatlar kelib tushdi. Tuman IIO FMB boshlig'i har bir murojaatni qonunda belgilangan tartibda hal etish yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi va ijrosini o'z nazoratiga oldi.

Барча янгиликлар

Text to speech