Avtomobildan o'g'rilik qisqa vaqt ichida fosh etildi
Sergeli tumani IIO FMBga kelib tushgan xabarga ko‘ra, 18-mart kuni soat 14:00 larda, noma’lum shaxs “Neksiya” rusumli avtomashinaning eshiklari ochiq va qarovsiz qoldirilganligidan foydalanib, salonidagi 31 yoshli Abduvakil A.ga tegishli 10.000.000 so‘mni o‘g‘irlab ketgan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi (O‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida, ertasiga o‘g‘rilikda gumonlanuvchi shaxs aniqlanib, qo‘lga olindi. Bu 22 yoshli Abdug‘affor G. bo‘lib chiqdi. Tergov ishlari davom etmoqda.