21 Январ 2022 йил 1674

Avtobusda birovning cho`ntagidan telefon o`g`irlagan shaxs qisqa muddatda qo`lga olindi

18-yanvar kuni taxminan soat 09.45 da Uchtepa tumanidan noma’lum shaxs avtobusda bo`lganida 23 yoshli Zarina F.ning ustki kiyimi cho`ntagidan 2.500.000 so`mlik mobil telefonni o`g`irlab ketdi. Mazkur fakt bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi (“O`g`rilik”) bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atildi. Ko`rilgan tezkor choralar natijasida gumonlanuvchi – 52 yoshli Ibadulla A. qo`lga olindi. Tergov davom etmoqda.

Барча янгиликлар

Text to speech