Aliment miqdorini kamaytirish maqsadida hujjatlarni qalbakilashtirish jinoyat hisoblanadi
22 mart kuni Bektemir tumani IIO FMBga 27 yoshli Navbahor X. turmush o‘rtog‘i tomonidan aliment undirish masalasini hal etishni so‘rab murojaat qilgan. Ma’lum bo‘lishicha, 33 yoshli Bekzod X. sud qarori asosida voyaga yetmagan uch nafar farzandiga aliment to‘lashi kerak bo‘lgan. Biroq, g‘arazli maqsadlarni ko‘zlagan shaxs, soxta hujjatlarni rasmiylashtirib, Majburiy ijro byurosiga maoshi 1.000.000 so‘m ekanligini ko‘rsatuvchi soxta ma’lumotnoma taqdim etgan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 228-moddasi (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni tayyorlash, qalbakilashtirish, ularni sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.