12 Март 2022 йил 1380

Savdo markazidagi do‘kondan o‘g‘irlik sodir etishda gumonlanuvchi shaxs aniqlanib, qo‘lga olindi

Shayxontohur tumani IIO FMBdan kelib tushgan xabarga ko‘ra, 8-mart kuni soat 16:00 larda “Chorsu” savdo majmuasida 39 yoshli Olimjon S. do‘kon sotuvchisi Ulug‘bek S. chalg‘iganidan foydalanib, jami 800.000 so‘mlik ko‘ylaklari solingan paketni o‘g‘irlab ketgan. Tez orada ushbu shasx aniqlandi. Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi (“O‘g‘irlik”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi qo'lga olingan, tergov davom etmoqda.

Барча янгиликлар

Text to speech